Prop-treyding (proprietary trading (xususiy savdo) so’zlarining qisqartmasi) - bu kompaniya tomonidan taqdim etilgan mablag‘lar bilan savdo qilish. Volt Funded’da siz strategiyangizni keltirasiz, biz esa vositalar, platforma va xatar (risk) limitlarini taqdim etamiz. Biz sizning savdo mahoratingizni o‘z kapitalimiz bilan qo‘llab-quvvatlaymiz va Baholash sinovidan o‘tganingizdan so‘ng, sizga foydaning 90 foizini o'zingizda saqlab qoladigan Moliyalashtirilgan hisobni taklif qilishimiz mumkin!
Chakana savdo – o‘z brokerlik hisobingizda shaxsiy mablag‘laringizdan foydalanishni nazarda tutadi, ya’ni sizning potensial daromadingiz shaxsiy kapitalingiz miqdori bilan cheklanadi.
Prop-treyding ushbu limitni olib tashlaydi. Volt Funded kabi Prop-treyding kompaniyasi bilan:
Prop-treyding modeli malakali va iqtidorli treyderlarga shaxsiy imkoniyatlaridan tashqarida bo‘lgan salmoqli resurslar va kapitaldan foydalanish imkonini berish uchun mo‘ljallangan.
Volt Funded hisobini ochish uchun siz umumiy Shartlar va qoidalarni qabul qilishingiz kerak. Bu sizga Baholash sinovlarini yakunlash imkonini beradi.
Agar biz sizga Moliyalashtirilgan hisobni taklif qilsak, hammasi adolatli va shaffof bo'lishi uchun sizdan Treyder shartnomasini imzolashingizni so‘raymiz. Unda sizning risk limitlaringiz, to'lov jadvali, platformaga kirish va ichki qoidalar belgilab beriladi, shuning uchun kutilmagan hodisalar bo'lmaydi, faqat aniqlik bo'ladi.
Volt Funded xizmatlaridan foydalanish va prop-treyder bo‘lish uchun siz 18 yoshdan oshgan bo‘lishingiz kerak.
Agar siz barqarorlikni shakllantirsangiz, prop-treyding orqali kun kechirish mumkin. Natijalar doimo turlicha bo'lishiga va hech qanday daromad kafolatlanmasligiga qaramay, ko'plab treyderlar sezilarli, o'sib borayotgan to'lovlar oqimini yaratish uchun moliyalashtirilgan hisoblardan foydalanadilar. Bizning vazifamiz sizni ushbu maqsadga erishish uchun kerakli vositalar, platforma, qo'llab-quvvatlash va kapital bilan ta'minlashdir. Sizning daromad potentsialingiz strategiyangiz, intizomingiz va muvaffaqiyatingiz bilan birga o'sib boradi.
Volt Funded Moliyalashtirilgan hisobi bilan daromadga belgilangan limit yo'q. Daromad salohiyati faqat prop-treyderning strategiyasi va muvaffaqiyati bilan cheklanadi. Aqlli treyderlar hisobni himoya qilish va kompaniya moliyalashtiruvini saqlab qolish uchun xatarlarni boshqarish (risk management) va barqaror o'sishga e'tibor qaratadilar.
Sinov - bu sizning savdo barqarorligingizni va xatarlarni nazorat qilish qobiliyatingizni baholashimiz mumkin bo'lgan jarayon. Intizomingiz va qobiliyatingizni isbotlash uchun aniq belgilangan qoidalar doirasida muvaffaqiyatli savdo qilishingiz kerak bo'ladi.
Volt Funded’da siz 1V (Bir bosqichli) Sinov yoki 2V (Ikki bosqichli) Sinov dan birini tanlashingiz mumkin.
Sinov davomida sizning maqsadingiz belgilangan savdo qoidalariga rioya qilgan holda foyda maqsadlariga erishib, bosqichlar sonini muvaffaqiyatli yakunlashdir. Bularga, masalan, savdo kunlarining minimal soni, maksimal kunlik va umumiy pasayishlar va yangiliklar savdosidagi limitlar kiradi.
Agar siz qoidalardan birortasini buzsangiz, hisobingiz to'xtatilishi yoki yopilishi mumkin va siz Sinovdan o'ta olmaysiz. Agar Sinovdan muvaffaqiyatli o'tsangiz, biz sizning hisobingizni ko'rib chiqamiz va sizga Moliyalashtirilgan hisob taklif qilishimiz mumkin.
Moliyalashtirilgan hisob - bu sizga beriladigan va bizning kapitalimiz bilan moliyalashtirilgan hisob. Baholash sinovlariga o‘xshab, Moliyalashtirilgan hisob bilan ham siz rioya qilishingiz kerak bo'lgan ma'lum savdo qoidalari mavjud bo'lib, ularni buzish hisobingizning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
Moliyalashtirilgan hisobda belgilangan foyda maqsadi yo'q. Siz ishlab topgan har qanday foydaning 90 foizini o'zingizda saqlab qolasiz, qolgan 10 foizini esa Volt Funded oladi.
Baholash sinovidan muvaffaqiyatli o'tganingizdan so'ng va hisobingizni ko'rib chiqqanimizdan so'ng, sizga moliyalashtirilgan hisob taklif qilinishi mumkin. Moliyalashtirilgan hisobni qabul qilish uchun siz Volt Funded bilan treyder shartnomasini imzolashingiz kerak bo'ladi. Shuningdek, mablag'larni yechib olish uchun shaxsiy ma'lumotlaringizni tasdiqlashingiz (ID verification) kerak bo'ladi.
Yo‘q, siz virtual mablag‘lar bilan haqiqiy bozor narxlarini taqlid qiluvchi simulyatsiya qilingan bozor muhitida savdo qilasiz. Agar sizda Moliyalashtirilgan hisob bo‘lsa, sizga Volt Funded kapitalidan to‘lanadi, bu mablag'ni hisobingizdan yechib olish mumkin.
Yo‘q, siz haqiqiy bozor narxlari va sharoitlarini taqlid qiluvchi simulyatsiya qilingan bozor muhitida savdo qilasiz.
Prop-treyding ba'zi treyderlar uchun ajoyib imkoniyat bo'lishi mumkin va bir qator afzalliklarga ega:
Chakana savdoga qaraganda, Prop-treyding sizning moliyaviy xataringizni kamaytiradi, chunki siz shaxsiy kapitalingiz bilan savdo qilmaysiz. Biroq, har qanday savdoning xatari bor va quyidagilar prop-treydingda e'tiborga olinishi kerak bo'lgan asosiy xatarlardir:
Asosiy omil – intizom. To'g'ri risk-menejment bilan prop-treyding o'z mablag'ingiz bilan savdo qilishdan ko'ra kamroq xatarli deb hisoblanishi mumkin.
Prop-treyding quyidagilar uchun juda mos keladi:
Yo‘q, biz savdo brokeri emasmiz. Volt Funded - prop-treyding kompaniyasi hisoblanadi. Treyderlar savdo qilish uchun o'z pullarini depozitga qo'ymaydilar. Mijozlar Volt Funded kompaniyasidan Moliyalashtirilgan hisobga ega bo’lish maqsadida Baholash sinovida ishtirok etish uchun, faollashtirish to‘lovini to‘laydilar.
Yo‘q. Biz o'z karyeralarini boshlash yoki rivojlantirish uchun kapitalga ega bo'lmagan iqtidorli treyderlarni qidirmoqdamiz. Prop-treydingda muvaffaqiyat qozonish uchun siz strategik fikrlaydigan, xatarlarni samarali boshqara oladigan va ma'lum qoidalar doirasida savdoda barqarorlikni isbotlay oladigan bo'lishingiz kerak. Agar bu sizga mos kelsa va sizda savdoga ishtiyoq bo‘lsa, prop-treydingni sinab ko‘ring.
Aslo unday emas. Biz intizom va samarali strategiyalarni namoyish etadigan iqtidorli treyderlarni kapital bilan ta’minlash uchun shu yerdamiz. Baholash sinovida ishtirok etish uchun $30 dan $550 gacha bo‘lgan hamyonbop faollashtirish to‘lovi mavjud, qo‘shimcha kapital talab etilmaydi.
Yo‘q, siz tanlagan Sinov rejangiz uchun faollashtirish to‘lovini to‘lashingiz kerak, ammo ular hamyonbop va 2 500 dollarlik mablag‘dan foydalanish uchun 30 dollardan, 100 000 dollarlik simulyatsiya qilingan mablag‘dan foydalanish uchun 550 dollargacha bo‘lgan oraliqni tashkil etadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun bu yerni bosing va ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldiring.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun xech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Shaxsni tasdiqlash (ID verification) faqat moliyalashtirilgan hisobingizdan foyda yechib olmoqchi bo’lganingizda kerak bo’ladi.
Yo'q. Sinov (Challenge) uchun to'lovni shaxsni tasdiqlashdan o'tmasdan amalga oshirishingiz mumkin. Biz shaxsingizni faqat moliyalashtirilgan hisobingizdan mablag'larni yechib olishni xohlaganingizda tekshiramiz.
Shaxsni tasdiqlash faqatgina moliyalashtirilgan hisobingizdan foyda yechib olmoqchi bo'lganingizda talab qilinadi. Bu me'yoriy va xavfsizlik standartlariga rioya qilish uchun amalga oshiriladi.
Savdo qilishni boshlash uchun avval Baholash sinovi (Challenge) sotib olishingiz kerak bo'ladi, ammo hisobingiz ochilgandan so'ng kutish muddati yo'q.
Tekshirish jarayoni odatda 2 ish kuni ichida yakunlanadi. Hisobingiz tasdiqlangach va Baholash sinovi (Challenge) sotib olib, savdoni boshlashga tayyor bo‘lgach, biz sizni elektron pochta orqali xabardor qilamiz.
Shaxsni tasdiqlash (ID verification) jarayonidan moliyalashtirilgan hisobingizdan foydani yechib olmoqchi bo‘lganingizda o‘tishingiz mumkin. Bu 2 ish kunini tashkil etadi.
Shaxsni tasdiqlash uchun siz quyidagi hujjatlardan birini taqdim etishingiz kerak:
Parolni qayta tiklash uchun:
1. Mijoz portalining Tizimga kirish sahifasiga o‘ting.
2. Tizimga kirish shakli ostida joylashgan “Parolni unutdingizmi?” havolasini bosing.

3. Ro‘yxatdan o‘tgan elektron pochta manzilingizni kiriting va “Yuborish” tugmasini bosing.
4. Sizga parolingizni tiklash havolasi ko'rsatilgan elektron xat yuboriladi.
5. Xatni oching va havolani bosing yoki URL manzilini nusxalab, brauzeringizga joylashtiring.
6. Jarayonni yakunlash uchun yangi parolni kiriting.
Mijoz portaliga kirganingizdan so'ng biz bilan bog'lanishingiz mumkin. Qo'llab-quvvatlash bo'limida Murojaat yuborish havolasini bosing, shaklni to'ldiring va yuboring. Mijozlarni qo'llab-quvvatlash jamoamiz arizangizni ko'rib chiqadi va sizga 2 ish kuni ichida javob beradi.

Volt Funded individual rejalar bilan birga ikki xil Baholash sinovini taklif etadi.
1V Bir bosqichli sinov
2V Ikki bosqichli sinov
Siz mavjud bo‘lgan foyda maqsadlari, pasayish limitlari va kredit yelkasini Sinov rejasining jadvalida ko‘rishingiz mumkin.
Ha. Har bir Sinov turi va rejasining o‘z kirish to‘lovi bor. Siz ularni Sinov rejasi jadvalida ko‘rishingiz mumkin.
Ushbu to‘lov quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Volt Funded 1V Bir bosqichli Sinovi – bu baholash bo‘lib, unda siz moliyalashtirilgan hisob taklif qilinishidan oldin belgilangan qoidalar to‘plami bilan savdo qilib, yagona bosqichdan o‘tishingiz kerak. Siz 2 500 dollardan 100 000 dollargacha bo‘lgan kapital darajangizni tanlaysiz va Sinovni boshlash uchun tegishli faollashtirish to‘lovini to‘laysiz.
Bu qanday ishlaydi
Agar sizga Moliyalashtirilgan hisob taklif qilinsa va siz uni qabul qilsangiz:
Volt Funded 2V Ikki bosqichli Sinovi – bu baholash bo‘lib, unda siz moliyalashtirilgan hisob taklif qilinishidan oldin belgilangan qoidalar to‘plami bilan savdo qilib, ketma-ket ikki bosqichdan o‘tishingiz kerak. Siz 2 500 dollardan 100 000 dollargacha bo‘lgan kapital darajangizni tanlaysiz va Sinovni boshlash uchun tegishli faollashtirish to‘lovini to‘laysiz.
Bu qanday ishlaydi
1-bosqich
2-bosqich
Agar sizga Moliyalashtirilgan hisob taklif qilinsa va siz uni qabul qilsangiz:
Ha, sizga bir vaqtning o‘zida bir nechta Sinovlardan o‘tishga ruxsat beriladi, ammo Moliyalashtirilgan hisoblar uchun ruxsat etilgan maksimal kapital miqdori 200 000 dollarni tashkil qiladi. Bu shuni anglatadiki, siz qancha Sinovlardan o‘tishingizdan qat’i nazar, Moliyalashtirilgan hisoblarda sizga beriladigan maksimal kapital 200 000 dollardan oshmaydi.
Agar siz bir nechta Sinovdan o'tsangiz va umumiy kapital 200 000 dollardan oshib ketsa, mabodo Moliyalashtirilgan hisobingiz yopilib, umumiy kapitalingiz kamaysa, ortiqcha miqdor sizga berilishi mumkin. Bunday holatda, biz sizning ortiqcha mablag'ingizdan Moliyalashtirilgan hisoblar doirasida jami maksimal 200 000 dollargacha bo'lgan miqdorni ajratib beramiz.
Yo‘q, siz yangi Sinov sotib olishingiz kerak bo‘ladi.
Moliyalashtirilgan hisoblar Sinov bosqichidagi natijalar ko‘rib chiqilib, tasdiqlanganidan keyin 2 ish kuni ichida beriladi.
Moliyalashtirilgan hisob – bu sizga beriladigan va bizning o‘z kapitalimiz bilan moliyalashtiriladigan hisobdir. Baholash Sinovlariga o‘xshash tarzda, Moliyalashtirilgan hisob bilan ishlashda ham amal qilishingiz kerak bo‘lgan muayyan savdo qoidalari mavjud va bularni buzish hisobingizning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
Moliyalashtirilgan hisobda belgilangan foyda maqsadi yo’q. Siz ishlab topgan foydangizning 90%ni o‘zingizda qoldirasiz, Volt Funded esa qolgan 10% oladi.
Baholash Sinovidan o‘tganingizdan va biz hisobingizni ko‘rib chiqqanimizdan so‘ng, sizga Moliyalashtirilgan hisob taklif qilinishi mumkin. Moliyalashtirilgan hisobni qabul qilish uchun siz Volt Funded bilan treyder shartnomasini imzolashingiz kerak bo‘ladi. Shuningdek, mablag‘larni yechib olish uchun shaxsni tasdiqlash (ID verification) jarayonini yakunlashingiz zarur.
Ha, Moliyalashtirilgan hisob uchun ajratiladigan maksimal kapital miqdori 200 000 dollarni tashkil etadi.
Agar siz bir nechta Sinovdan o'tsangiz va umumiy kapital 200 000 dollardan oshib ketsa, mabodo Moliyalashtirilgan hisobingiz yopilib, umumiy kapitalingiz kamaysa, ortiqcha miqdor sizga berilishi mumkin. Bunday holatda, biz sizning ortiqcha mablag'ingizdan Moliyalashtirilgan hisoblar doirasida jami maksimal 200 000 dollargacha bo'lgan miqdorni ajratib beramiz.
Foyda maqsadingiz tanlangan baholash Sinoviga qarab belgilanadi.
1V Bir bosqichli Sinov:
2V Ikki bosqichli Sinov:
Moliyalashtirilgan hisob:
Bosqichni yakunlash uchun vaqt limiti yo‘q. Siz foyda maqsadingizga erishish uchun qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha vaqt sarflashingiz mumkin, bu sizga bosimsiz va muddatlarsiz o‘z maromingizda savdo qilish imkonini beradi.
Yo‘q, vaqt limiti yo‘q. Volt Funded Sinovlari moslashuvchanlik uchun mo‘ljallangan. Shoshilmasdan va haddan tashqari savdo (overtrading) qilmasdan savdo qilishingiz mumkin. Shunchaki foyda maqsadiga erishguningizgacha o‘z strategiyangizga amal qiling.
Foyda maqsadiga erishish uchun vaqt chegarasi belgilanmagan bo‘lsa-da, agar sizda ketma-ket 30 (o‘ttiz) kun savdo faolligi bo‘lmasa, hisobingiz yopilishini unutmang.
Biz kamida 5 savdo kunini talab qilamiz, bunda "savdo kuni" kamida bitta pozitsiya ochganingizni anglatadi.
Maksimal pasayish limitlari o‘zgarmasdir, ya’ni ular hisobning boshlang‘ich balansiga asoslanadi.
Maksimal kunlik pasayish limiti ekviti (equity) bo‘yicha hisoblanadi, bu har bir savdo kunining boshida, Kipr vaqti (CY) bilan soat 00:00 dagi hisob balansingiz + suzuvchi P&L (amalga oshirilmagan foyda va zarar) degani.
Maksimal umumiy pasayish limiti Sinovdagi boshlang‘ich balansingizga (siz tanlagan kapitalga) asoslanadi.
Kunlik pasayish limiti - bu bir savdo kunida ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan maksimal zarar miqdoridir. Bunga yopilgan zararlar, suzuvchi (amalga oshirilmagan) zararlar, svop to‘lovlari va komissiya xarajatlari kiradi.
Sizning umumiy zararlaringiz hisob uchun belgilangan kunlik pasayish limitidan oshmasa, sizning hisobingiz faol bo‘lib qoladi. Limit buzilgandan so‘ng, Sinov yoki Moliyalashtirilgan hisob avtomatik ravishda yopiladi.
Kunlik pasayish limitlari har kuni Kipr vaqti (CY) bilan soat 00:00 da nollashtiriladi (reset), bu sizga yangidan boshlash imkonini beradi va baholash davomida intizomni ta’minlaydi.
Sizning maksimal kunlik pasayish limitingiz 1V Bir bosqichli Sinov yoki 2V Ikki bosqichli Sinovlarni boshlaganingiz yoki yakunlaganingizga bog‘liq.
Kunlik pasayish limiti Kipr vaqti (CY) bilan soat 00:00 da nollashtiriladi.
Ushbu paytda sizning kunlik pasayish limitingiz yangilanadi va sizga yangi savdo kuni toza pasayish limiti bilan beriladi.
Ruxsat etilgan maksimal umumiy pasayish - bu hisobning butun amal qilish muddati davomida istalgan vaqtda boshlang'ich balansdan yo'qotishga ruxsat berilgan umumiy miqdordir.
1V Bir bosqichli Sinov uchun:
2V Ikki bosqichli Sinov uchun:
Agar umumiy ekviti (equity) yoki balans ushbu limitdan pastga tushsa, hisob muvaffaqiyatsiz deb hisoblanadi.
Volt Funded pasayish limitlarining ikkita turidan foydalanadi:
Har ikkalasini tushunish, riskni boshqarish va qoidalarning buzilishidan saqlanish uchun kalit hisoblanadi, aks holda savdo qoidalari buziladi va hisobingiz yopiladi.
Maksimal kunlik pasayishni dollarda hisoblash
Maksimal kunlik pasayish limitingiz ($) miqdoringiz har bir savdo kunining boshida, Kipr vaqti (CY) bilan soat 00:00 dagi ekvitingizga (equity) – ya’ni hisob balansingiz + suzuvchi P&L (amalga oshirilmagan foyda va zararlar) ga asoslanib hisoblanadi.
Miqdorni hisoblash uchun foydalanishingiz mumkin bo‘lgan formula:
Maksimal kunlik pasayish ($) = Kunlik boshlang‘ich ekviti - Kunlik pasayish ($)
Masalan, agar siz 2V Ikki bosqichli Sinovni tanlagan bo‘lsangiz, kunlik pasayish limiti 4% ni tashkil qiladi. Agar sizda $10,000 boshlang'ich balans bo'lsa, bu sizning kunlik pasayish limitingiz kuniga statik $400 bo‘lishini anglatadi. Bu joriy balansingizga qarab o'zgarmaydi. Misolimiz va hisob-kitobimiz uchun, kunlik nollashtirish vaqtida (soat 00:00 CY) da sizda $200 zarar bilan turgan ochiq pozitsiya bor deb tasavvur qilamiz.
Kun boshidagi Ochiq P&L: –$200
Kunlik boshlang'ich ekviti = Boshlang'ich balans + Ochiq P&L
= $10,000 - $200 = $9,800
Endi biz kunlik boshlang'ich ekviti ($) yordamida limitlarni buzishdan oldin kun davomida ruxsat etilgan maksimal pasayish limiti (daraja) qancha $ bo‘lishini aniqlashimiz mumkin.
Kunlik pasayish ($) = Kunlik boshlang'ich ekviti ($) - Kunlik pasayish ($)
Kunlik pasayish ($) = $9,800 - $400
Sizning kun uchun ekviti bo'yicha pastki chegarangiz (limitni buzmasdan tushishingiz mumkin bo'lgan eng past nuqta): $9,800 – $400 = $9,400
Bu shuni anglatadiki, agar sizning ekvitingiz kun davomida istalgan vaqtda $9,400 ga tegsa, siz kunlik pasayish limitini buzasiz va hisobingiz yopiladi.
Maksimal umumiy pasayishni hisoblash
Volt Funded statik umumiy pasayish limitidan foydalangani sababli, sizning pastki chegarangiz dastlabki boshlang'ich balansdan (siz tanlagan kapital rejasi miqdoridan) hisoblanadi va u kun davomida qilingan foyda yoki zararlar bilan o'zgarmaydi.
Miqdorni hisoblash uchun foydalanishingiz mumkin bo‘lgan formula:
Umumiy pasayish ($) = Boshlang‘ich balans ($) × Umumiy pasayish (%)
Masalan, agar siz 2V Ikki bosqichli Sinovni tanlagan bo'lsangiz, umumiy pasayish limiti 10% ni tashkil qiladi. Agar siz $10,000 lik kapital rejasini tanlagan bo‘lsangiz, unda maksimal umumiy pasayish hisoblanishi quyidagicha bo‘ladi:
Umumiy pasayish ($) = Boshlang‘ich balans ($) × Umumiy pasayish (%)
Boshlang‘ich balans: $10,000
Umumiy pasayish %: 10%
Umumiy pasayish $: $10,000 × 10% = $1,000
Sizning umumiy ekviti bo'yicha pastki chegarangiz (limitni buzmasdan tushishingiz mumkin bo'lgan eng past nuqta): $10,000 – $1,000 = $9,000.
Bu shuni anglatadiki, agar sizning ekvitingiz hisobingiz amal qilish muddati davomida istalgan vaqtda $9,000 ga tegsa, siz umumiy pasayish limitini buzasiz va hisobingiz yopiladi.
Sizga FX Street iqtisodiy taqvimidagi asosiy yoki yuqori ta'sirga ega kalendar voqealaridan ±2 daqiqa oldin yoki keyin pozitsiya ochish yoki yopishga ruxsat berilmaydi. Ushbu vaqt oralig'ida savdo qilish "kichik qoida buzilishi" (minor breach) hisoblanadi va foyda olib tashlanishi mumkin. Ikki (2) marta kichik qoida buzilishi "katta qoida buzilishi"ga (major breach) tenglashtiriladi va hisobingiz yopiladi.
Sinov yoki Moliyalashtirilgan hisobda savdo qilishda Zararni cheklash (Stop Loss - SL) yoki Foyda olish (Take Profit - TP) dan foydalanish majburiy emas. Biroq, SL va TP xavfxatarlarni yaxshi boshqarishning asosi bo‘lganligi sababli, ulardan foydalanish qat’iy tavsiya etiladi.
Ushbu vositalar kapitalingizni himoya qilishga, intizomni saqlashga va ayniqsa, yuqori volatillik yoki kutilmagan bozor hodisalari paytida hissiyotlarga berilib qaror qabul qilishdan qochishga yordam beradi. Xavf-xatarlarni doimiy ravishda boshqaradigan treyderlar uzoq muddatda yaxshiroq natija ko‘rsatishga moyil bo‘ladilar.
Yo‘q, har kuni foyda qilish shart emas. Baholash sinovida hisobingiz kunlik yutuqlaringiz asosida emas, balki umumiy natijalaringiz asosida ko‘rib chiqiladi.
Sizdan har bir bosqichda kamida 5 savdo kunini yakunlash talab qilinadi, bu kun davomida kamida bitta pozitsiya ochishingizni anglatadi. Foyda maqsadingizga erishish uchun vaqt cheklovingiz yo‘q, shuning uchun siz eng yaxshi savdo sharoitlarini tanlashingiz, haddan tashqari ko‘p savdo qilishdan (over-trading) qochishingiz hamda o‘zingizga va strategiyangizga mos keladigan barqaror savdo ritmini saqlab qolishingiz mumkin.
Ha, sizga bitimlarni kechasi ochiq qoldirishga ruxsat beriladi.
Shuni yodda tutingki, tanlangan instrumentga qarab, svop (swap) to‘lovlari qo‘llanilishi mumkin va bu sizning kunlik pasayish hisob-kitoblaringizda inobatga olinadi. Shuningdek, kechasi spredlar kengayishi mumkin va bu sizning foydangizga ta’sir qilishi ehtimoli bor.
Ha, siz dam olish kunlari bitimlarni ochiq qoldirishingiz mumkin, ya’ni pozitsiyalarni juma kunidan dushanba kunigacha cheklovsiz o‘tkazishingiz mumkin.
Bitimlarni dam olish kunlari ochiq qoldirish bilan bog‘liq ba’zi qo‘shimcha xavflar mavjud.
Bularga, masalan, quyidagilar kiradi:
Biz sizga dam olish kunlaridagi potensial xavf strategiyangizga va risk ishtahangizga mos kelishini baholashni tavsiya qilamiz.
Dam olish kunlari pozitsiyalarni ochiq holda ushlab turishingiz mumkin bo‘lsa-da, dam olish kunlari savdo qilishga (weekend trading) ruxsat berilmaydi, shuning uchun bu vaqt ichida yangi pozitsiyalar ocha olmaysiz. Dam olish kunlari savdo qilish savdo qoidalarini buzish hisoblanadi.
Yo‘q, dam olish kunlari savdo qilish savdo qoidalarini buzish hisoblanadi va bu hisobingiz yopilishiga olib kelishi mumkin. Siz mavjud ochiq pozitsiyalaringizni dam olish kunlari davomida ushlab turishingiz mumkin, ammo juma kuni bozor yopilgandan keyin va dushanba kuni bozor ochilgunga qadar yangi pozitsiyalar ochishingiz mumkin emas.
Savdo qoidalarini buzish hisobingiz yopilishiga olib kelishi mumkin.
Qoidabuzarlikning og‘ir-yengilligiga qarab, ular yirik va kichik qoidabuzarliklarga bo‘linadi.
Kichik qoidabuzarlik muhim boʻlmagan qoidabuzarlik bo‘lib, sizga ogohlantirish xabari beriladi. Ikkita (2) kichik qoidabuzarlik yirik qoidabuzarlikka tenglashtiriladi. Yirik qoidabuzarlik zarar ko‘rish limitlaridan oshib ketish yoki taqiqlangan amaliyotlar bilan shug‘ullanish kabi jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi, bunda hisobingiz darhol yopiladi.
Hisobingiz yopilgan taqdirda, sizga yangi Sinovni xarid qilish va baholashn jarayonini qaytadan boshlashga ruxsat beriladi.
Volt Funded’ning ham Sinov, ham Moliyalashtirilgan hisoblarida ruxsat etilmaydigan savdo strategiyalari va amaliyotlari quyida keltirilgan bo‘lib, ular bilan tanishish oson bo‘lishi uchun toifalar bo‘yicha guruhlangan.
Quyidagi savdo strategiyalari, amaliyotlari va xatti-harakatlariga ruxsat berilmaydi:
1) Buyurtmalarni bajarishda zaifliklardan foydalanish va skalping bo‘yicha o‘ta qisqa bitimlar.
2) Nusxa ko‘chirish, muvofiqlashtirish va hisoblararo faoliyat
3) Taqiqlangan tizimlar va vositalar
4) Platformadan noto‘g‘ri foydalanish va hisobni suiiste’mol qilish
5) Bozorni suiiste’mol qilish va tartibga soluvchi qoidalarni buzish
Treyderlar bitta hisob doirasida xedjirlashlari (qarama-qarshi pozitsiyalar ochishlari) mumkin, ammo oʻzlariga tegishli bir nechta turli hisoblararo xedjirlashga ruxsat berilmaydi.
Ha, treyderlar toʻplash (stacking) yoki bir nechta kirish nuqtalaridan foydalanishlari mumkin.
Savdo qoidalari, amaliyoti yoki tartibini buzganlik uchun ko‘riladigan choralar qoida buzilishining xususiyati va jiddiyligiga bog‘liq.
Agar hisobingiz yopilsa, sizga yangi Sinovni xarid qilish va baholashni qayta boshlashga ruxsat beriladi.
Kichik qoidabuzarlik uchun jiddiy bo‘lmagan ogohlantirish olasiz. Agar siz 2 ta kichik qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ysangiz, qo‘shimcha ogohlantirish olmaysiz, hisobingiz darhol yopiladi.
Jiddiy qoidabuzarlik ogʻir qoidabuzarlik hisoblanadi va hisobingiz yopilishidan oldin sizga hech qanday ogohlantirish berilmaydi.
Siz Volt Funded hisobini ochishingiz va Baholash sinov rejasini sotib olishingiz mumkin. Baholash sinovini muvaffaqiyatli yakunlaganingizdan so‘ng, sizga Moliyalashtirilgan hisob taklif qilinishi mumkin.
Siz Volt Funded profilingizga bog‘langan bir nechta hisoblarga ega bo‘lishingiz mumkin, biroq barcha hisoblardagi umumiy kapital miqdori hech qachon $200,000 dan oshmasligi kerak.
Mavjud hisob darajasini oshirish yoki tushirish imkoniyati mavjud emas. Buning uchun siz boshqa Sinov rejasini sotib olishingiz kerak boʻladi.
Volt Funded Sinov va Moliyalashtirilgan hisoblari uchun MetaTrader 5 platformasidan foydalaniladi.
MetaTrader 5 dunyodagi yetakchi savdo platformasi boʻlib, oʻzining tezligi, barqarorligi va keng koʻlamli savdo funksiyalari sababli treyderlarning asosiy tanlovi hisoblanadi. Uni yuklab olib, desktop yoki mobil qurilmalarda foydalanish yoki brauzer orqali kirish mumkin.
Yo‘q, Volt Funded’da savdo simulyatsiya qilinadi va narxlar va shartlar real bozorlarni takrorlaydigan demo muhitda amalga oshiriladi.
Savdo qilish uchun quyidagi bozorlar mavjud:
Volt Funded barcha hisoblarda 0,0 pipdan boshlanadigan raqobatbardosh spredlarni taklif etadi.
Spredlar savdo vositasi va savdo paytidagi bozor sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin. Bu ma'lumotlar savdo platformasida ko'rinib turadi.
Volt Funded tanlangan Sinov turiga qarab quyidagi kredit yelkasini taklif etadi:
Ba’zi bitimlar bo‘yicha komissiya to‘lovi olinadi, boshqalari esa savdo vositasiga (instrumentga) qarab komissiyasiz hisoblanadi.
Volt Funded sohada yetakchi bo‘lgan 90% foyda taqsimotini taklif qiladi.
Bu shuni anglatadiki, siz oʻzingizning Moliyalashtirilgan hisobingizda shakllangan barcha foydaning 90 foizini oʻzingizda saqlab qolasiz, qolgan 10 foizi esa Volt Funded’ga oʻtadi.
Volt Funded’da daromad olish imkonoyati va foyda miqdori cheklanmagan, biroq sizning natijalaringiz va kelgusidagi foydangiz quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
Hisobingiz ochilganiga kamida 7 kun boʻlganidan va siz kamida 5 ta savdo kuniga yetganingizdan soʻng, platformada ko‘rsatilgan to‘lov jadvaliga muvofiq pul yechib olishni so‘rashingiz mumkin.
Moliyalashtirilgan treyder sifatida platformada ko‘rsatilgan to‘lov jadvalingizga muvofiq foydani yechib olishni so‘rashingiz mumkin. So‘rovingiz keyin jamoamiz tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi yoki rad etiladi. Siz mablag’ yechib olish jarayoni haqida elektron pochta orqali bildirishnomalar olasiz. Toʻlovingiz tasdiqlangan va oʻtkazilganidan soʻng, mablagʻlarni qabul qilib olish vaqti toʻlov provayderiga yoki tarmoqqa bogʻliq boʻladi.
Eslatma: Har qanday toʻlov soʻrovini yuborishdan oldin Shaxsni tasdiqlash yoki "Mijozingni bil" (KYC) jarayoni yakunlangan boʻlishi shart.
Biz bir nechta to‘lov usullari va provayderlarini qo‘llab-quvvatlaymiz, ammo ular mintaqaga qarab farq qiladi. Mavjud boʻlgan aniq variantlar siz hisob ochganingizda va Baholash sinovi uchun faollashtirish to‘lovini amalga oshirayotganingizda koʻrsatiladi.
Yo‘q, foydani yechib olsangiz, hisobingiz hajmi va barcha risk parametrlari o‘zgarishsiz qoladi.
Yo‘q, Volt Funded - bu Baholash sinovlarini va simulyatsiya qilingan Moliyalashtirilgan hisoblarni taqdim etadigan prop-treyding kompaniyasidir. Biz brokerlik yoki investitsiya xizmatlarini taklif qiluvchi moliyaviy broker emasmiz. Shu sababli, Volt Funded biror-bir moliyaviy organ tomonidan tartibga solinishi talab etilmaydi.
Shunga qaramay, biz umumiy qabul qilingan moliyaviy muvofiqlik talablariga rioya qilamiz, bu esa shuni anglatadiki, agar siz Moliyalashtirilgan treyder boʻlsangiz va hisobingizdan mablagʻ yechib olmoqchi boʻlsangiz, sizdan shaxsni tasdiqlash (identifikatsiya) jarayonidan oʻtishingizni talab qilamiz.
Volt Funded – Parlance Trading Ltd sifatida roʻyxatdan oʻtgan prop-treyding kompaniyasi boʻlib, u Bonovo Road – Fomboni, Island of Mohéli – Comoros Union manzilida joylashgan, HY00423015 raqami ostida tashkil etilgan hamda Mwali International Services Authority tomonidan T2023236 raqamli litsenziya asosida Xalqaro brokerlik va kliring kompaniyasi sifatida litsenziyalangan – bu Alpari Forex nomi ostida faoliyat yuritadigan bir xil yuridik shaxsdir.
Yoʻq, Volt Funded sizning daromadlaringiz haqida hech qanday soliq organlariga hisobot bermaydi, shuningdek, soliqqa oid maslahat yoki yoʻriqnomalar taqdim etmaydi. Volt Funded Treyder Shartnomasiga muvofiq, daromadingizga nisbatan qoʻllaniladigan har qanday soliqlar, yigʻimlar yoki toʻlovlar oʻz mamlakatingiz qonunlari va qoidalariga muvofiq shaxsan siz tomoningizdan hal qilinishi kerak.
Agar soliq majburiyatlaringizni qanday boshqarishni bilmasangiz, litsenziyalangan soliq mutaxassisi bilan maslahatlashishni tavsiya qilamiz.
Ha, bizda muayyan yuridik shartnomalar va cheklovlar mavjud: Volt Funded’dan foydalanish uchun har bir treyder quyidagilarni bajarishi shart:
Biz sizning ma’lumotlaringizni soha standartidagi xavfsizlik choralari va qat’iy foydalanish nazorati bilan xavfsiz saqlaymiz.
Batafsil ma’lumotlar Maxfiylik siyosatimizda keltirilgan.
Hisobingiz xavfsizligini ta’minlash uchun siz bajarishingiz mumkin va shart bo‘lgan bir qator xavfsizlik choralari mavjud.
Hoziroq Volt Funded savdo hisobini ochish uchun ro‘yxatdan o‘ting.